AQSH prezidenti Donald Tramp Erondagi harbiy operatsiya to‘rt hafta davom etishi mumkinligini aytdi. U bu haqda Daily Mail nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
U hozirgacha AQSH va Isroilning Eronga berilgan zarbalari natijasidan hayratlanmaganini aytdi.“Bu har doim to‘rt haftalik jarayon sifatida rejalashtirilgan. Taxminan, to‘rt hafta yoki undan kam davom etadi. Bu katta davlat, shuning uchun to‘rt hafta kerak bo‘ladi yoki kamroq”, dedi AQSH prezidenti.
Amerika yetakchisi Eron bilan keyingi muzokaralar uchun ochiqligini aytdi, biroq ular “yaqin vaqt ichida” bo‘lib o‘tadimi yoki yo‘qligini ayta olmadi.“Nazarimda, hammasi reja bo‘yicha ketmoqda. Biz ularning butun rahbariyatini yo‘q qildik, bu biz o‘ylagandan ancha ko‘proq. Taxminan, 48 kishi shekilli”, dedi Tramp.
U halok bo‘lgan uch nafar amerikalik askar uchun “qasos olishga” va’da berdi, Tehronga yangi ultimatum qo‘ydi va Amerikani “ozodlik” uchun kurashini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.Bilmadim. Ular muzokaralar o‘tkazishni istaydi, biroq men: “Siz bu haftada emas, o‘tgan haftada gaplashishingiz kerak edi”, dedim, deya ta’kidladi Tramp.
Tramp Eron yetakchilarini Yaqin Sharq bo‘ylab avj olib, Isroil, Saudiya Arabistoni, Bahrayn va BAA kabi arab davlatlari hamda mintaqadagi Amerika harbiy bazalariga raketa yog‘dirilishiga sabab bo‘lgan kurashdan voz kechishga chaqirdi.Amerika ularning o‘limi uchun qasos oladi va asosan sivilizatsiyaga qarshi urush olib borgan terrorchilarga eng qattiq zarbani beradi”, dedi Tramp 1-mart kuni Kuvaytda uch nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lganidan so‘ng o‘zining Mar-a-Lago qarorgohidan turib.
U Eron xalqini qo‘zg‘olon ko‘tarib, hukumatni ag‘darishga chaqirdi.“Bu chidab bo‘lmas tahdidlar endi davom etmaydi. Men Inqilobiy gvardiya korpusi va Eron harbiy politsiyasini yana bir bor qurollarini topshirib, to‘liq daxlsizlikka ega bo‘lishga yoki muqarrar o‘limga yuz tutishga da’vat etaman”, dedi prezident.
Aksariyat amerikaliklar urushga qarshi ekanini ko‘rsatgan salbiy so‘rovnomalar fonida Tramp amerikaliklarni urushni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.“Jasur bo‘ling, dadil bo‘ling, qahramonlik ko‘rsating va mamlakatingizni qaytarib oling”, dedi u.
“Biz bu keng ko‘lamli operatsiyani nafaqat o‘z davrimiz va makonimiz xavfsizligini ta’minlash uchun, balki bundan ko‘p yillar avval ota-bobolarimiz biz uchun qilganidek, farzandlarimiz va ularning farzandlari uchun ham amalga oshirmoqdamiz.
Bu ozod xalqning burchi va mas’uliyatidir. Bu harakatlar to‘g‘ri va zarurdir, ular amerikaliklar hech qachon yadro quroliga ega radikal, qonxo‘r terroristik rejimga duch kelmasligini ta’minlaydi”, dedi prezident.








