Daryo

“Real” APL klubidan futbolchi sotib olishi mumkin

“Qirollik klubi” italiyalik yarim himoyachi uchun 75 million yevro sarflashga tayyor.

1 daqiqa o‘qish4 252 ko‘rishlar0 izoh0

Italiya terma jamoasi va Angliyaning “Nyukasl” klubi yarim himoyachisi Sandro Tonali faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Tuttojuve nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 25 yoshli futbolchiga Madridning “Real” klubi qiziqish bildirmoqda. “Qirollik klubi” Tonalini yozgi transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirgan va ushbu transfer uchun 75 million yevro ajratishga tayyor. 

“Sandro Tonalining o‘zi ham ‘Real Madrid’ variantiga befarq emas. Chempionlar Ligasida doimiy ishtirok etish, Yevropaning eng nufuzli sovrinlari uchun kurashish imkoniyati futbolchi uchun eng katta istaklardan biri hisoblanadi. ‘Qirollik klubi’ning libosini kiyish esa har qanday futbolchi uchun orzu ekani sir emas”, deyiladi mabada.

Avvalroq futbolchiga Londonning “Arsenal” hamda “Manchester Siti” klublari ham qiziqish bildirgani ma’lum qilingan. Biroq hozircha tomonlar o‘rtasida aniq muzokaralar o‘tkazilgani yo‘q.

Ma’lumot uchun, Sandro Tonali joriy mavsum klub tarkibida jami 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga beshta golli uzatma amalga oshirgan. Futbolchining “Nyukasl” bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali yarim himoyachining qiymatini 75 million yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar