Italiya terma jamoasi va “Nyukasl” yarim himoyachisi Sandro Tonali faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin. Madridning “Real” klubi futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda va uni yozgi transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Manbaga ko‘ra, “qaymoqranglilar” ushbu transfer uchun 75 million yevro ajratishga tayyor. Avvalroq Tonaliga Londonning “Arsenal” klubi hamda “Manchester Siti” ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Angliya chempionatining joriy mavsumida 25 yoshli italiyalik futbolchi 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Tonalining “Nyukasl” bilan shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali yarim himoyachining bozor qiymatini 75 mln yevro deb baholagan.
Ma’lumot uchun, Tonali 2023-yilning oktyabr oyida “Milan”da faoliyat yuritgan davrida o‘yinlarga pul tikib kelgani aniqlangan va shu sababli futbolchi 10 oyga futbolga oid har qanday faoliyatdan chetlatilgan edi. Sandro qimor o‘yinlariga qaramlikdan aziyat chekayotganini tan olgan va 8 oylik davolanish kursidan o‘tgan.








