Daryo

“Real” va “Arsenal” italiyalik futbolchi uchun kurashmoqda — The Sun

“Nyukasl” rahbariyati italiyalik uarim himoyachining narxini 100 million yevro etib belgilagan.

1 daqiqa o‘qish2 422 ko‘rishlar0 izoh1

Madridning “Real” klubi “Nyukasl”ning italiyalik yarim himoyachisi Sandro Tonalini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Futbolchi uchun Londonning “Arsenal” klubi ham kurashmoqda. Ispaniya klubi yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi kutilayotgan 25 yoshli futbolchi uchun londonliklar bilan raqobatlashishga tayyor. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.

Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, “Real” skautlari 7-mart kuni “Sen-Jeyms Park” stadionida bo‘lib o‘tgan “Nyukasl” va “Manchester Siti” o‘rtasidagi uchrashuvda Tonalining o‘yinini kuzatib borgan. Ularning tashrifidan ko‘zlangan asosiy maqsad UEFA Chempionlar Ligasi doirasidagi “shaharliklar”ga qarshi o‘yin oldidan ma’lumotlar yig‘ish bo‘lgan, biroq madridliklarning yarim himoyachiga bo‘lgan qiziqishi transfer bozorida katta e’tibor qozondi. Avvalroq futbolchiga “Arsenal” tomonidan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

“Nyukasl”da Tonali jamoaning asosiy o‘yinchisi deb hisoblanadi va klub uni arzon narxga qo‘yib yubormoqchi emas. Klub rahbariyati italiyalik futbolchining narxini 100 million yevro etib belgilagan. Jamoa uzoq davom etadigan transfer jarayonidan qochishga intilayotgan bo‘lsa-da, agar kelasi mavsumda yevrokuboklarda ishtirok etish masalasi hal qilinmasa, bunday darajadagi o‘yinchini saqlab qolish qiyin bo‘ladi.

Tonalining agenti Juzeppe Riso barcha muhim qarorlar faqat joriy mavsum yakunlangach qabul qilinishini tasdiqladi. Ayni damda Tonali bor e’tiborini “Nyukasl”dagi ishtirokiga qaratgan. U ushbu mavsumda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portalining baholashicha, futbolchining bozor qiymati 75 million yevroni tashkil etadi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar