Daryo

“Manchester Yunayted” va Sandro Tonali o‘rtasida muzokaralar boshlandi — Romano

Klub rasmiylari Tonalining agentlariga ma’lumot bergan va ular bilan ilk aloqalarni o‘rnatgan.

1 daqiqa o‘qish5 431 ko‘rishlar0 izoh1

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi “Nyukasl Yunayted” yarim himoyachisi Sandro Tonaliga transferi bo‘yicha jiddiy qadam tashladi.

Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, mankunianliklar allaqachon jamoa rahbariyatining italiyalik yarim himoyachiga bo‘lgan qiziqishi haqida Tonalining agentlariga ma’lumot bergan va ular bilan ilk aloqalarni o‘rnatgan.

Shu bilan birga, hozircha hech qanday kelishuvga erishilmagani va muzokaralar hali dastlabki boshqichda ekani aytilmoqda. “Nyukasl Yunayted” rahbariyati yozgi transfer oynasi vaqtida Tonali atrofida jiddiy faollik yuzaga kelishini kutmoqda.

Shuningdek, “Nottingem Forest” yarim himoyachisi Elliot Anderson ham nomzodlar ro‘yxatida, biroq “Manchester Siti” hali ham futbolchi uchun kurashda peshqadamlik qilmoqda. Shu sabab Tonali transferi ehtimoli oshmoqda.

Joriy mavsumda Tonali barcha turnirlar doirasida 47 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol va 7 ta samarali uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 80 million yevroni tashkil etadi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar