Madridning “Real” klubi hujumchisi Rodrigo Goes faoliyatini Angliya Premyer Ligasida davom ettirishi mumkin. Fichajes nashri xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchiga “Chelsi” jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko‘ra, londonliklar Rodrigo uchun 80 million yevro to‘lashga tayyor. “Chelsi” rahbariyati UEFA Chempionlar Ligasi hamda APLda raqobatbardosh jamoa tuzishni maqsad qilgan. Shu bois qishki transfer oynasi vaqtida jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Futbolchining klubdan ketish ehtimol yuqori. Chunki Xabi Alonso boshchiligidagi murabbiylar shtabi Rodrigoga yetarlicha o‘yin amalyoti bermayapti. U joriy mavsum davomida bor yo‘g‘i 441 daqiqa maydonda harakat qildi. Mazkur holat ortidan braziliyalik forvard faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Biroq hozircha “qirollik klubi” rahbariyati futbolchi bo‘yicha aniq pozitsiyasini bildirmagan. Chunki Rodrigo ketsa, uning o‘rniga boshqa futbolchi sotib olishga to‘g‘ri keladi. Shu bois klub bu borada bir qarorga kelmagan.
Ma’lumot uchun, Rodrigo joriy mavsum “Real Madrid” safida jami 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita golli uzatma muallifiga aylangan. Uning klub bilan shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali hujumchining qiymatini 80 million yevroga baholamoqda.








