Daryo

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida yana qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

Tog‘li hududlardagi fuqarolardan 24—27-fevral kunlari ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raldi.

1 daqiqa o‘qish3 132 ko‘rishlar0 izoh0

“O‘zgidromet” tog‘li hududlarda kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli yana qor ko‘chishi xavfidan ogohlantirdi.

24—25-fevral kunlari quyidagi hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor:

  • Toshkent viloyati Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
  • Namangan viloyati Pop tumanida.

26—27-fevral kunlari esa quyidagi hududlarda qor ko‘chishi mumkin:

  • Qashqadaryo viloyati Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
  • Samarqand viloyati Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
  • Jizzax viloyati Baxmal, Zomin tumanlarida;
  • Toshkent viloyati Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
  • Namangan viloyati Pop tumanida.
Foto: “O‘zgidromet”

“Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.


Bundan avval 21—22-fevral kunlari respublikaning togʻli hududlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilingandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar