Daryo

Ozarbayjondagi “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tadbirlari Fuzuliy shahrida yakunlandi

Madaniyat kunlari doirasidagi so‘nggi tadbir prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qurilgan Mirzo Ulug‘bek maktabida bo‘ldi.

1 daqiqa o‘qish3 890 ko‘rishlar0 izoh1

Bokuning Haydar Aliyev markazida boshlangan “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tadbirlari Fuzuliydagi Mirzo Ulug‘bek umumta’lim maktabida yakunlandi.

“Daryo” muxbirining xabar berishicha, tadbirning yopilish marosimiga bag‘ishlangan konsert dasturidan avval O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov boshchiligidagi delegatsiya vakillari hamda Ozarbayjon madaniyat vaziri o‘rinbosari Murad Huseynov, Fuzuliydagi Mirzo Ulug‘bek umumta’lim maktabi direktori Hecher Mahmudova va boshqa rasmiylar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: O‘zbekiston Madaniyat vazirligi

Uchrashuv davomida prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Fuzuliy shahrida barpo etilgan Mirzo Ulug‘bek maktabida “O‘zbekiston madaniyati kunlari”ning yopilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimning o‘tkazilishida ham katta ramziy ma’no borligi, qardosh o‘zbek xalqi qalban ozar xalqi bilan birga ekanligi ta’kidlandi.

Uchrashuvdan so‘ng delegatsiya vakillari “O‘zbekiston madaniyati kunlari”ning yopilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi.

Foto: O‘zbekiston Madaniyat vazirligi

Foto: O‘zbekiston Madaniyat vazirligi

Foto: O‘zbekiston Madaniyat vazirligi

Ma’lumot o‘rnida, shahar buyuk ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Muhammad Fuzuliy nomi bilan atalgan. Mamlakatning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan bu shahar azaldan Qorabog‘ning “janubiy darvozasi” hisoblanadi.

Shavkat Mirziyoyev 2021-yilning aprelida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan norasmiy sammitida O‘zbekiston Tog‘li Qorabog‘ zaminidagi ko‘hna obidalar, madaniyat va ma’rifat maskanlarini tiklash ishlariga hissa qo‘shishga tayyor ekanini bildirgandi. O‘zbekistondan tuhfa sifatida Tog‘li Qorabog‘da maktab qurilishi aytilgandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
2023-yilda foydalanishga topshirilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi 1-sonli maktab 960 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lib, 40 ta sinfxona, 6 ta laboratoriya, 2 ta informatika xonasi, 5 ta funksional o‘quv xonasi, majlislar va sport zallari, oshxona, kutubxona mavjud. Futbol maydoni, dam olish va tadbirlar o‘tkazish uchun joylar, yugurish yo‘laklari tashkil qilingan.

2025-yilning iyul oyida Ozarbayjonning Xankendi shahrida o‘tkazilgan yirik media-forumda prezident Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘ni tiklashda ilk sovg‘ani O‘zbekiston berganini alohida ta’kidlagan.

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar