Daryo

Shavkat Mirziyoyev: “O‘zbekiston Tog‘li Qorabog‘ hududini tiklashda ko‘mak berishga tayyor”

O‘zbekiston Prezidenti Ilhom Aliyev va Ozarbayjon xalqini Tog‘li Qorabog‘ hududi qaytarib olingani bilan tabrikladi

1 daqiqa o‘qish46 693 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan norasmiy sammitida Tog‘li Qorabog‘ masalasiga to‘xtalib o‘tdi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Bugungi fursatdan foydalanib, Ozarbayjon prezidenti hurmatli Ilhom Aliyev va Ozarbayjon xalqini Tog‘li Qorabog‘ hududini qaytarib, tarixiy adolatni tiklash yo‘lidagi g‘alabasi bilan yana bir bor tabriklayman”, — deya ta’kidlagan Prezident.

Prezident O‘zbekiston Tog‘li Qorabog‘ zaminidagi ko‘hna obidalar, madaniyat va ma’rifat maskanlarini tiklash ishlariga hissa qo‘shishga tayyor ekanini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Tog‘li Qorabog‘da Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi jangovar harakatlar 27-sentabr kuni qayta boshlangandi. Ikkala davlat ham harbiy holat joriy qildi va bir-birini tinch aholiga qarshi hujumlarda aybladi. Qurbonlar ham harbiy xizmatchilar, ham oddiy odamlar bo‘ldi. 9-oktabrda Moskvada ziddiyatli tomonlarning vakillari bilan muzokaralar olib borildi, natijada jangovar harakatlarni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. O‘t ochishni to‘xtatish 10-oktabr kuni ertalab kuchga kirdi.

Ilhom Aliyev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida 10-noyabrda imzolangan kelishuvga muvofiq, Ozarbayjon harbiy harakatlar paytida bosib olingan hududni ham, 1990-yillarning boshlarida qo‘ldan chiqarilgan Lachin, Agdam va Kelbajar tumanlaridagi aholi punktlarini ham oladi. Shu jumladan, strategik jihatdan muhim Shusha shahri Ozarbayjonga o‘tdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar