Daryo

“Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tekshirishi kerak” — advokat “Imarat” mojarosi haqida

“Daryo” mikrofon tutgan fuqarolar Marat Hamdamovdan jabrlanganini, xususan, uy xarid qilish boʻyicha tuzilgan shartnomani bekor qilgan boʻlsa-da, undan pulini ololmayotganini ma’lum qilgandi. Advokat Bobur Muqadamov huquqni muhofaza qiluvchi organlar ushbu holatni tekshirishi kerakligini aytmoqda.

1 daqiqa o‘qish3 252 ko‘rishlar0 izoh4

“Daryo”da Imarat Development’da uy mojarosi: Marat Hamdamov odamlarni chuv tushirdimi?, sarlavhali maqola eʼlon qilingan edi. Unda quruvchi Marat Hamdamovdan jabrlanganini aytgan fuqarolar uy xarid qilish boʻyicha tuzilgan shartnomalarini bekor qilgan boʻlsa-da, pulini ololmayotganini maʼlum qilgandi.

Advokat Bobur Muqadamov quruvchidan jabrlanganlarga jamoasi bilan huquqiy yordam koʻrsatishga tayyorligini bildirdi.

Marat Xayrullayevich boshchiligidagi kompaniya fuqarolarni qurilishi lozim boʻlgan uy-joyning manzili boʻyicha chalgʻitgani, uy-joy shahardan uzoqda joylashgani va boshqa har xil sabablar bilan kompaniyadan oʻz pullarini qaytarib berishni talab qilishayotgani, kompaniya vakillari esa pulni qaytarishni paysalga solayotgani haqidagi videoni koʻrib, bir narsaga qaror qildim. Jamoam bilan birga fuqarolarga huquqiy yordam berishga tayyorman, deydi advokat.

​Advokat, shuningdek, Marat Xayrullayevich rahbarligidagi kompaniyaning xatti-harakatlarida jinoyat alomati bor yoki yoʻqligini tekshirish kerak, demoqda.

Videodagi holatlardan kelib chiqqan holda, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qilish, kompaniya mansabdor shaxslari harakatlarida jinoyat alomati bor yoki yoʻqligini tekshirish lozim deb hisoblayman, deydi u.

​Gap shundaki, 2023-2024-yillarda Marat Hamdamovdan uy xarid qilib, shartnoma imzolagan fuqarolar koʻp oʻtmay, oʻsha shartnomalarni bekor qilishga tushgan. Baʼzilar bunga oilaviy muammolarni sabab qilib keltirsa, baʼzilar uylarning joylashuvi uzoqdaligi, turar joy majmuasining nomi Toshkent shahridagi tumanlardan birining nomi bilan bogʻliqligi bois ularni chalgʻitganini aytadi. Yana boshqasi esa: “Men sotib olgan uy qurilishiga hali ruxsat olishmagan ekan, qurilish noqonuniy boʻlgani bois hamon boshlanmadi”, degan.

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar