Daryo

Qashqadaryoda operatsiya uchun bemoridan 3,5 mln so‘m olgan shifokor 17 mln so‘m jarimaga tortildi

Shifokor bemorning o‘t qopidagi toshni jarrohlik yo‘li bilan olib tashlagani evaziga undan pul talab qilgan

1 daqiqa o‘qish23 766 ko‘rishlar0 izoh0

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali shifokori operatsiya uchun bemoridan 3,5 million so‘m olgani uchun 17 million so‘m jarimaga tortildi. Bu haqda 2024-yilning 27-dekabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudi sudyasi Eshimovning hukmi e’lon qilingan. 

Ma’lum bo‘lishicha, shifokor bemorning o‘t qopidagi toshni jarrohlik yo‘li bilan olib tashlagani evaziga undan pul talab qilgan. 

Shifokor ta’magirlik yo‘li bilan pul mablag‘i olib, shundan 300 ming so‘m pul mablag‘larini operatsiyasida ko‘maklashgan RSHTYOIM Qashqadaryo filiali Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha bo‘limi boshlig‘iga bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan, deyiladi sud hujjatida. 

Holat 2024-yil 3-dekabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudida ko‘rib chiqilgan. 52 yoshli jarroh O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 214-moddasi 2-qismining “b” bandi (davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda ta'magirlik yo‘li bilan moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi) bilan ayblangan. 

Sud shifokorni ushbu jinoyat ishida aybdor deb topib, unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida ya’ni 17 million so‘m jarima jazosi tayinladi.

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar