Daryo

“Daryo” tanqididan so‘ng Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berildi

“‘Daryo’ga rahmat, bir necha oydan beri sarson bo‘lib yurgandik. Maqola chiqqach, hokimlik pulimizni to‘lab berdi”, deydi murojaatchilar

1 daqiqa o‘qish5 679 ko‘rishlar0 izoh1

“Daryo”da “‘Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti’, — Samarqandda uyi ‘snos’ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi”, sarlavhali maqola eʼlon qilingandi. Unda viloyatning Payariq tumanidagi Imom Buxoriy ziyoratgohi obodonlashtirilishi, hududda shaharcha barpo etilayotgani uchun 53 ta uy “snos”ga tushgani, shundan 15 ta xonadon uchun kompensatsiya puli haligacha to‘lab berilmagani hikoya qilingandi.

Murojaatchilarning tahririyatga bildirishicha, ushbu maqoladan so‘ng, aholining kompensatsiya puli to‘lab berilgan.

“Daryo”ga rahmat, bir necha oydan beri sarson bo‘lib yurgandik. Maqola chiqqach, hokimlik pulimizni to‘lab berdi, deydi murojaatchilar.

Samarqand viloyati hokimi maslahatchisi, Imom Buxoriy shaharchasi qurilishiga bosh-qosh bo‘layotgan Alisher Raimjonovning “Daryo”ga bildirishicha, shaharcha barpo etilishi munosabati bilan 53 ta uy “snos”ga tushgan.

Imom Buxoriy shaharchasi 2025-yilning avgust oyiga qadar qurib bitkazilishi reja qilingan. Bu shaharchaga kelajakda har yili 30 million nafar xorijlik sayyoh kelishi rejalashtirilgan. 5 ta qishloqda kanalizatsiya o‘rnatildi, suv inshootlari barpo etildi. Yer ostidan elektr energiya tortildi. 16 millionta daraxt ko‘chatlari ekildi, degandi hokim maslahatchisi.

Shu qishloqdagi yashovchi boshqa murojaatchilarning maʼlum qilishicha, kompensatsiya bilan bog‘liq muammo hamon bor.

Bizning ham uyimiz uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan kompensatsiya pullari to‘lab berilmagan. Hozircha faqat internetga chiqqan fuqarolarning puli to‘lab berildi. Bizlarga qachon navbat keladi, bilmaymiz, deydi tahririyatga murojaat qilgan yana bir murojaatchi.

“Daryo” kompensatsiya pulini ololmayotganlar mavzusiga yana qaytadi.

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar