Daryo

Gulistondagi oshxonada gaz portlagani ortidan bir kishi qamoqqa olindi

Holat yuzasidan mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish odam o‘lishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

1 daqiqa o‘qish3 596 ko‘rishlar1 izoh6

Guliston shahrida joylashgan oshxonada gaz portlagani ortidan bir kishi qamoqqa olindi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea 2-dekabr kuni soat 10:49 da “Taraqqiyot” MFYda joylashgan bozordagi ovqatlanish shoxobchasida sodir bo‘lgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa oqibatida qurbonlar borligi haqida xabarlar tarqaldi. Sirdaryo viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi 2-dekabr kungi axborotida vafot etganlar yo‘qligini bildirgandi.

Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmatining 3-dekabrdagi xabarida ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish odam o‘lishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. IIB vafot etganlar bor-yo‘qligiga aniqlik kiritmagan. Hozirda ish yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar