Daryo

Gulistondagi ovqatlanish shoxobchasida gaz portladi (video)

Buning oqibatida yong‘in kelib chiqqan. Jabrlangan fuqarolar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyat filialiga yetkazilgan.

1 daqiqa o‘qish12 330 ko‘rishlar0 izoh1

Guliston shahar “Taraqqiyot” MFYda joylashgan bozordagi ovqatlanish shoxobchasida gaz portlab yong‘in kelib chiqdi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Sirdaryo viloyati FVB matbuot xizmati holatni tasdiqladi. Ma’lum qilinishicha, 2-dekabr kuni soat 10:49 da ovqatlanish shoxobchasining oshxonasida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi bildirilgan.

Foto: Telegram

Sirdaryo viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi axborotiga ko‘ra, hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida ular Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyat filialiga yetkazilgan. Vafot etganlar yo‘q.

Sog‘liqni saqlash boshqarmasi ushbu bemorlar holatini o‘z nazoratiga olgan. Boshqarma mazkur hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berib borilishini bildirgan. Jabrlanganlar soniga aniqlik kiritilmagan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar