Fatxudin Ali Mohamed Somali Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi birinchi elchisi bo‘ldi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
27-noyabr kuni tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov undan ishonch yorliqlarini qabul qilganini e’lon qildi.
“Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘plab istiqbolli yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga sodiqligimizni bildirdik. Elchining muhim diplomatik missiyasida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz hamda samarali va natijaga yo‘naltirilgan hamkorlikni birgalikda rivojlantiramiz”, deb yozdi vazir o‘zining Telegram’dagi sahifasida.
2025-yil 5-fevral kuni Nyu Yorkda O‘zbekiston va Somali o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma kommyunike imzolangandi. Shu tariqa Somali Federativ Respublikasi O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 157-davlatga aylangandi.








