Daryo

Kristofer Duggan Kanadaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri elchidan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi

1 daqiqa o‘qish4 738 ko‘rishlar0 izoh0

Kristofer Duggan Kanadaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri xabar berdi.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Baxtiyor Saidov elchidan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi. 

“Hozirda O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari faol tashqi siyosat olib bormoqda. Mintaqamizning global roli ham kengayib bormoqda. Biz ikki davlat aloqalarida hali ro‘yobga chiqmagan katta salohiyat ko‘rmoqdamiz.
Foto: Tashqi ishlar vazirligi
Janob elchiga faoliyati davomida mamlakatlarimiz o‘rtasida mavjud ko‘priklarni mustahkamlash va yangilarini barpo etishda muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deb yozadi vazir.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar