Daryo

Maltaning O‘zbekistondagi birinchi elchisi tayinlandi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri elchidan ishonch yorliqlarini qabul qildi

1 daqiqa o‘qish3 721 ko‘rishlar0 izoh0

Karmelo Inguanez Maltaning O‘zbekistondagi birinchi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov xabar berdi.

Vazir elchidan ishonch yorliqlarini qabul qildi. 

“Kun tartibimizdan ikki tomonlama aloqalarning huquqiy asoslarini mustahkamlash, parlamentlar o‘rtasida do‘stlik guruhlarini tashkil etish, iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, turizmni qo‘llab-quvvatlash, taʼlim sohasida aloqalarni jadallashtirish va ikki davlat munosabatlarini yuksaltirishga qaratilgan boshqa yo‘nalishlar muhokamasi joy oldi”, deb yozadi vaziri.

Foto: Baxtiyor Saidov / Telegram

Shuningdek, diplomatik pasport egalari uchun o‘zaro vizasiz rejim joriy qilish to‘g‘risida bitim imzolandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar