Oʻzbekistonning 3 ta hududida noqonuniy valyuta savdosi bilan shugʻullangan shaxslar qoʻlga tushdi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.
Qayd etilishicha, Yakkasaroy tumanida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan shaxs S.M. fuqaro Yu.A.ga 5 ming dollarni 60 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Samarqand tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa S.T. fuqaro T.S.ga 4 000 dollarni 48,1 million soʻmga pullamoqchi boʻlganida qoʻlga tushgan.
Termiz shahrida kuzatilgan holatda esa noqonuniy valyuta savdosi bilan shugʻullanib kelgan F.O. va boshqalar fuqaro M.X.dan 300 ming rossiya rublini 3 700 dollar va 400 ming soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ish ochilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida qoʻlga tushgan 11 nafar noqonuniy valyuta ayriboshlash bilan shugʻullangan shaxslarga chora koʻrilgani xabar qilingandi.








