Daryo

Andijon va Buxoro viloyatlarida “valyutchik”lar ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda

1 daqiqa o‘qish10 681 ko‘rishlar0 izoh0

Andijon viloyatining Baliqchi hamda Oltinko‘l, Buxoro viloyatining Peshku tumanida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Maʼlum qilinishicha, Baliqchi tumanida fuqaro A.K. fuqaro S.X.ga jami 4 ming dollarni 51 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, fuqaro U.J. Peshku tumani “Chibog‘oni” MFY hududidagi savdo do‘konida fuqaro Z.N.dan 3,2 ming dollarni 40,7 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bundan tashqari, Oltinko‘l tumanida fuqaro B.N. fuqaro S.U.ga 3,5 ming dollarni 44,8 mln so‘mga sotishga kelishib, shundan 2,4 ming dollarni bergan vaqtida ushlandi. O‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida 2 496 dollar, 4 500 rubl va 1 600 turk lirasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Samarqand viloyatining ikki tumani, shuningdek, Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlangan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar