UEFA Chempionlar Ligasi 5-turidan o‘rin olgan Angliyaning “Manchester Siti” hamda Germaniyaning “Bayer” klublari o‘rtasidagi bellashuv yakuniga yetdi. Manchesterdagi “Etihad” satdionida kechgan bahsda nemislar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi hisob 23-daqiqada Alexandro Grimaldo tomonidan ochilgan bo‘lsa, 54-daqiqada Patrik Shik ikkinchi marta “shaharliklar” darvozasini ishg‘ol qildi — 0:2. Mazkur hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi va “Bayer” Chempionlar Ligasi 5-turida muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, 65-daqiqada zaxiraga olindi. “Shaharliklar” ustozi Pep Gvardiola o‘zbekistonlik futbolchi o‘rniga Rayan Sherkini maydonga tushirdi.
Ayni paytda “Manchester Siti” turnir jadvalida 10 ochko bilan 6-o‘rinni egallab turibdi. Safarda 3 ochkoni qo‘lga kiritgan “Bayer” esa 8 ochko bilan 13-pog‘onani band etgan.
UEFA Chempionlar Ligasi5-tur
25-noyabr, seshanba
“Manchester Siti” — “Bayer” 0:2
Gollar: 0:1 — Grimaldo (23), 0:2 — Shik (54)








