Daryo

Abduqodir Husanovning “Solford”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

“Manchester Siti” Angliya Kubogining 1/16 final bosqichida “Solford”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

1 daqiqa o‘qish82 082 ko‘rishlar0 izoh62

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya Kubogi 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan “Manchester Siti” — “Solford” uchrashuvida (2:0) asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.

Uchrashuv davomida Husanov 65 marta to‘p bilan muomala qildi. Himoyachi jami 52 ta uzatma amalga oshirgan bo‘lib, ularning 49 tasi aniq manzilga yetib bordi — 94 foiz aniqlik. Sofascore portali o‘zbekistonlik futbolchining harakatlarini 7,1 ball bilan baholadi.

Abduqodir Husanovning himoyadagi harakatlari:

  • Himoyaviy harakatlar: 11 marta
  • Faol kurash orqali to‘pni olib qo‘yish: 3 marta (2 tasi muvaffaqiyatli)
  • Tozalashlar: 8 marta
  • Yerda kurashlar: 5 marta (3 tasi muvaffaqiyatli)
  • Havodagi kurashlar: 4 marta (3 tasi muvaffaqiyatli)
Foto: Sofascore

“Manchester Siti” darvozaboni Jeyms Trafford o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi — 7,6 ball. Shuningdek, himoyachi Jon Stouns hamda Niko Gonsalesning harakatlari ham 7,6 ball bilan baholangan. Ben Vudburn 7,1 ball bilan “Solford”ning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” Angliya Kubogi 1/16 final bosqichida “Solford”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi gollar Alfi Dorrington (avtogol) hamda Mark Gexi nomiga yozildi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar