Daryo

APL. “Chayon” uslubidagi gol, avtogol va kambek: “Tottenhem” o‘z maydonida “Manchester Siti” bilan durang o‘ynadi

O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, to‘liq maydonda harakat qildi.

1 daqiqa o‘qish10 525 ko‘rishlar0 izoh1

Angliya Premyer Ligasi 24-turidan o‘rin olgan “Tottenhem” — “Manchester Siti” o‘rtasidagi bahs 1-fevral, yakshanba kuni Londondagi “Hotspur” stadionida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tomonlar 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

Uchrashuvdagi hisob 11-daqiqada Rayan Sherki tomonidan ochildi. Fransiyalik futbolchi Erling Holandning uzatmasidan so‘ng londonliklar darvozasini ishg‘ol qildi. Birinchi bo‘lim yakuniga yaqin “Manchester Siti” yana bir bor “Tottenhem” darvozasiga yo‘l topdi. Antuan Semenyoning goli birinchi bo‘lim “shaharliklar”ning g‘alabasi bilan yakunlanishini ta’minladi.

Ikkinchi bo‘lim “Tottenhem”ning ustunligi ostida boshlandi. Tomas Frenk boshchiligidagi “shporlar” raqib darvozasi qarshisida ketma-ket xavfli hujumlar uyushtirdi. 53-daqiqada maydon egalari hisobni bittaga qisqartirdiю “Manchester Siti” himoyachisi Mark Gexi o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Natijada tablodagi hisob 1:2 ko‘rinishini oldi.

70-daqiqada esa hisob tenglashdi. Konor Gallaxerning o‘ng qanotdan uzatib bergan to‘pini Dominik Solanke “chayon” uslubidagi zarbasi bilan golga aylantirdi — 2:2.

Mazkur hisob uchrashuv yakuniga qadar o‘zgarmadi va jamoalar 24-turda bir ochkodan bo‘lishib oldi. Ushbu natijadan so‘ng “Manchester Siti” 47 ochko jamg‘argan holda APL turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. 29 ochkoga ega “Tottenhem” esa 14-pog‘onadan joy olgan.

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, to‘liq o‘yin o‘tkazdi. Futbolchi 21-daqiqada “Tottenhem” futbolchisiga nisbatan ishlatgan qo‘polligi uchun sariq kartochka oldi.

Angliya Premyer Ligasi
24-tur

“Tottenhem” — “Manchester Siti” 2:2
Gollar:
0:1 — Sherki (11), 0:2 — Semenyo (44), 1:2 — Gexi (53, avtogol), 2:2 — Solanke (70)

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar