Daryo

Angliya Kubogi. “Manchester Siti” o‘z maydonida “Solford”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.

1 daqiqa o‘qish8 541 ko‘rishlar0 izoh5

Angliya Kubogining 1/16 final bosqichi doirasida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Solford Siti” jamoasini qabul qildi. “Etihad” stadionida kechgan bahsda “shaharliklar” 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuv “Manchester Siti”ning to‘liq ustunligi ostida boshlandi. Uchrashuvdagi hisob 6-daqiqada ochildi. Mehmonlar himoyachisi Alfi Dorrington o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘yib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 81-daqiqada Mark Gexi “shaharliklar”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Ingliz himoyachisi Rayan Sherkining uzatmasini golga aylantirib, uchrashuvga yakuniy nuqtani qo‘ydi — 2:0.

O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.

Angliya Kubogi
1/16 final bosqichi

“Manchester Siti” — “Solford Siti” 2:0
Gollar:
1:0 — Alfi (6, avtogol), 2:0 — Gexi (81)

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar