Daryo

Sirdaryoda erkak bemor xotinini rashk qilib shifokorni kaltakladi

Holat ko‘rik vaqtida, navbatchi shifokor bemorni o‘tirishga yordamlashib, qorin sohasini tekshirayotgan paytda sodir bo‘lgan. Erkak 15 sutkaga qamaldi.

1 daqiqa o‘qish2 588 ko‘rishlar0 izoh9
Maqolani tinglang
0:00
1:39

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryoda erkak bemor xotinini rashk qilib shifokorni kaltaklagani haqida video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, “102” orqali kelib tushgan chaqiruvda shifoxonaga ko‘rikka olib kelingan bemorning yaqinlari o‘rtasida janjal kelib chiqqan.

Voqea joyiga yetib borgan profilaktika inspektorlari holatni o‘rganish jarayonida bemor ayolni turmush o‘rtog‘i va o‘g‘li shifokor ko‘rigiga olib kelgani, ko‘rik vaqtida navbatchi shifokor bemorni o‘tirishga yordamlashib, qorin sohasini tekshirayotgan payt rashk tufayli eri shifokor bilan janjallashib ketganini aniqladi.

O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv doirasida shifokor sud-tibbiy ekspertizadan o‘tkazildi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, shifokorda tan jarohati yoki shikast izlari aniqlanmadi.

To‘plangan materiallar Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzaobod tuman sudida ko‘rib chiqildi. Sud qaroriga ko‘ra, erkak Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 197 prim 7-moddasi (tibbiyot xodimining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish) talablarini buzgan deb topildi va unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Bundan avval Toshkent tumanidagi xonadonlarning biriga chaqiruv bilan borgan “Tez yordam” shifokori kaltaklangani haqida xabar berilgandi. Bemor shifokorga bosh og‘rig‘i, bezovtalik, umumiy holsizlik shikoyatlari borligini va buyrak kasalligi bo‘yicha davolanayotganini aytgan. Shifokor birlamchi tekshiruv o‘tkazib, bemordagi og‘riqni qoldirish uchun feldsherga og‘riq qoldiruvchi dori vositasini shpritsga tortishini so‘ragan.

Shifokor bemorga qo‘shimcha kasalliklari bo‘yicha savollar berayotgan vaqtda, bemor shifokorga qarab “sen kimsan, ishingni tezroq qil” deya haqoratlay ketib, o‘rnidan turib, to‘satdan shifokorning yuziga musht tushirgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar