Daryo

AQSHda shifokor robot yordamida angolalik bemorning o‘simtasini masofadan turib olib tashladi

67 yoshli bemorga prostata bezi saratoni tashxisi qo‘yilgan edi

1 daqiqa o‘qish4 754 ko‘rishlar0 izoh0

Advent Health klinikasining Global robototexnika instituti direktori, shifokor Vipul Patel dunyoda ilk bor minglab kilometr uzoqlikda joylashgan bemorga masofadan turib, robot yordamida jarrohlik amaliyoti o‘tkazdi. Bu haqda The Independent nashri xabar berdi.

Foto: Facebook

67 yoshli Fernandu da Silva angolalik bo‘lib, unga prostata bezi saratoni tashxisi qo‘yilgan edi. U transkontinental robotlashtirilgan telejarrohlik texnologiyasi klinik sinovlarida qatnashgan ilk bemor bo‘ldi.

“Biz buni ustida ikki yil davomida ishladik. Butun dunyoni kezib, texnologiyalarni o‘rgandik va eng mosini tanladik”, deydi shifokor. 

Avval ham operatsiyalarda robotlar qo‘llanilgan, biroq ularni boshqargan shifokorlar bemordan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda bo‘lgan.

Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan. Jarayon davomida har ehtimolga qarshi bemor joylashgan operatsion xonada jarrohlik jamoasi ham navbatchilik qilgan. Patel esa bu jarayonni tibbiyot sohasida katta burilish deya ta’rifladi.

Doktor Patel bu texnologiyaning kelajakdagi imkoniyatlariga katta umid bog‘lamoqda. 

“Hatto AQSHning chekka qishloqlarida ham bu texnologiya foydali bo‘lishi mumkin. Kelajakda tez yordam mashinalarida yoki favqulodda holatlarda bemorlarga masofadan turib tezkor yordam ko‘rsatish imkoniyati paydo bo‘ladi”, deydi u.

Bundan oldin Xitoyda robotlar ishtirokida ilk futbol turniri bo‘lib o‘tgan edi.

Jizzaxdanman. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti teleradio jurnalistikasi yo‘nalishini bitirganman. “Daryo”da 2025-yildan beri muxbir lavozimida ishlayman va turli xil yo‘nalishda reportajlar, intervyular tayyorlayman hamda ularni saytga xabar qilib beraman. Har yili “Fantomas” filmini takror ko‘raman. “Mehrobdan chayon” (Abdulla Qodiriy publitsistikasi) ni sevib mutolaa qilaman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar