Daryo

Toshkentda 117 million soʻmlik pirotexnika vositalari aniqlandi

Oʻrikzor bozori hududida yuk mashinasiga ortilayotgan yuklar tekshirilganida taqiqlangan vositalar topilgan.

1 daqiqa o‘qish2 368 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkentning Uchtepa tumanida noqonuniy pirotexnika vositalari savdosining oldi olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, Oʻrikzor bozori hududida yuk mashinasiga ortilayotgan qutilar shubha uygʻotgani sababli tekshirib koʻrilganida, ularning ichida taqiqlangan pirotexnika vositasi borligi aniqlangan. Qutilar Andijondan keltirilgani maʼlum qilingan.

Yuk avtomashinadan taxminiy narxi 117 million soʻmlik jami 585 dona noqonuniy yoʻllar bilan olib keltirilgan pirotexnika vositalari topilgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu vositalar savdosi bilan shugʻullanishni rejalashtirgan shaxs ham qoʻlga olingan.

“Men muqaddam sudlanganman, pirotexnika vositalari boʻyicha sudlanganman. Instagram orqali shu mahsulotni topdim. Men oʻzim Navoiy viloyatida savdo qilaman. Endi yoshlik qilib qoʻyib, qiziqdim. Qilgan ishimdan afsusdaman”, degan ushbu shaxs.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Oʻzbekistonda ayrim hollarda xavfli turdagi pirotexnika buyumlaridan foydalanishga ruxsat berilishi mumkinligi maʼlum qilingandi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar