Daryo

Dunyo okeanlaridagi tankerlarda milliard barrel neft qolib ketdi — Bloomberg

Ularning aksariyati sanksiyalar ostidagi Rossiya, Venesuela va Eronga tegishli. Ba’zi davlatlar o‘z portlarida neft ortilgan tankerlarni qabul qilishdan bosh tortmoqda.

1 daqiqa o‘qish1 821 ko‘rishlar0 izoh0

Dunyo okeanlarida taxminan 1 milliard barrel neft to‘planib, qoldi, ularning aksariyati sanksiyalar ostidagi davlatlardan kelgan. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Yoz oxiridan beri tankerlardagi neft miqdori sezilarli darajada oshgan. Ushbu o‘sishning 40 foizigacha bo‘lgan qismi Rossiya, Venesuela va Eron neftiga (yoki kelib chiqishi noma’lum neftga) to‘g‘ri keladi. Eng past baholashlarda ham ulush 20 foizdan kam emas. Bu esa uchala davlatning umumiy global neft qazib olishdagi ulushidan (taxminan 17 foiz) ko‘proqdir.

To‘plangan neftning katta qismi Rossiyaga tegishli. So‘nggi haftalarda uning dengiz orqali jo‘natmalari ko‘paygan. Bir tomondan Moskva OPEK bilan kelishuv doirasida qazib olishni oshirmoqda, ikkinchi tomondan Ukrainadan hujumlar xavfi bois neftning bir qismi eksport terminallariga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga, sanksiyalar tufayli ba’zi davlatlar o‘z portlarida neft ortilgan tankerlarni qabul qilishdan bosh tortmoqda. Rossiya nefti ortilgan kemalar esa huquqiy noaniqliklar sababli langar tashlashga majbur.

Avgust oyining oxiridan buyon tankerlardagi Rossiya nefti hajmi keskin oshib, oktyabr oxiriga kelib, deyarli 390 million barrelga yetdi. Clarksons Securities tahlilchilari ham bunday neft hajmining o‘sishini G‘arb sanksiyalarining kuchaytirilishi bilan bog‘lamoqda, shu sababli Rossiya neftini portlarda tushirish imkoni yo‘q.

“Tankerlardagi neftning dengizda to‘planib qolishi uning hech qachon sotilmasligini anglatmaydi. Biroq uning talab qilinmayotgan hajmining o‘sishi kelgusi oylarda neft narxlari dinamikasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin”, deb hisoblaydi treyderlar.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar