Daryo

AQSH Eron neftiga qarshi sanksiyalarni 60 kunga to‘xtatdi

Eron nefti savdosi dollarda amalga oshirilishi, mahsulotlar AQSHga ham yetkazib berilishi mumkin.

1 daqiqa o‘qish4 973 ko‘rishlar0 izoh5

AQSH o‘nlab yillar davomida Eron neftiga qarshi amal qilib kelgan sanksiyalarni 60 kunga vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi. 

AQSH Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi tegishli litsenziyani berdi. U 2026-yilning 21-avgustiga qadar amal qiladi hamda Eron nefti va neft mahsulotlari bilan savdo qilishga ruxsat beradi. Mazkur 60 kunlik muddat ichida Tehron va Vashington o‘tgan haftada imzolangan memorandumdagi bahsli masalalar bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishishi lozim. Ushbu hujjat o‘zaro mojaroni tugatish, Hormuz bo‘g‘ozini ochish, barcha frontlarda, jumladan, Livanga qarshi hujumlarni ham to‘xtatishni nazarda tutadi.

Yangi tartibga ko‘ra, Eron nefti va neft mahsulotlarini sotib olish uchun to‘lovlar AQSH dollarida amalga oshirilishi mumkin. Berilgan litsenziya Shimoliy Koreya, Kuba va Rossiya tomonidan bosib olingan Ukraina hududlaridagi shaxslar ishtirokidagi operatsiyalarga daxldor emas.

Eslatib o‘tamiz, Shveysariyada 21-iyun kuni Eron va AQSH delegatsiyalari o‘rtasidagi muzokaralar boshlandi. Muzokaralarga Qatar va Pokiston vositachilik qilmoqda. AQSH moliya vaziri Skott Bessent aynan shu uchrashuvda Eron neftiga nisbatan sanksiyalardan vaqtinchalik voz kechish bo‘yicha kelishuvga erishilganini aytdi.

“Shveysariyada davom etayotgan samarali muzokaralarga muvofiq, Eron Hormuz bo‘g‘ozi orqali erkin va ochiq tranzitni ta’minlash hamda Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) inspektorlarini mamlakatga kiritish majburiyatini oldi”, degan u.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar