Daryo

Shavkat Mirziyoyev AQSHga yetib bordi

Uni Vashingtonda AQSH davlat kotibining o‘rinbosari Kristofer Landau, AQSH—O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va boshqa rasmiylar kutib oldi. Prezident ushbu davlatda ishlayotgan va ta’lim olayotgan bir guruh o‘zbekistonliklar bilan ko‘rishdi.

1 daqiqa o‘qish2 944 ko‘rishlar0 izoh1

Shavkat Mirziyoyev AQSH prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 4-noyabr kuni amaliy tashrif bilan Vashington shahriga keldi.

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, “Endryus” aviabazasida davlat rahbarini AQSH davlat kotibining o‘rinbosari Kristofer Landau, AQSH—O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Vashingtonda Shavkat Mirziyoyev AQSHda ishlayotgan va ta’lim olayotgan bir guruh o‘zbekistonliklar bilan ko‘rishdi. Davlat rahbari ular bilan suhbatlashib, muvaffaqiyatlar tiladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Tashrifning asosiy tadbirlari 5—6-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Shavkat Mirziyoyev Donald Tramp bilan uchrashadi hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH yetakchilarining “C5+1” formatidagi sammitida ishtirok etadi.

Tadbirlar dasturidan AQSH Kongressi va hukumati vakillari bilan muzokaralar, ushbu mamlakat yetakchi kompaniyalarining rahbarlari bilan alohida uchrashuvlar hamda ishbilarmon doiralar ishtirokidagi davra suhbati ham o‘rin olgan.

Sammit Tramp ishtirokidagi birinchi shunday uchrashuv bo‘ladi. Bundan oldin Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 2023-yil sentyabrida “C5+1” formatida o‘sha paytdagi AQSH prezidenti Jo Bayden bilan uchrashgan edi.

Sentyabr oyi boshida  Shavkat Mirziyoyev Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qilib, Markaziy Osiyo davlatlari va AQSHning “C5+1” shaklidagi mintaqaviy hamkorligini chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashgandi. Sentyabr oyi oxirida esa Nyu Yorkda O‘zbekiston rahbari AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashgandi. Davlat rahbarlari O‘zbekiston—AQSH strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va amaliy hamkorlikni kengaytirishga kelishgandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar