Daryo

Shavkat Mirziyoyev va Donald Tramp Oq uyda muzokara o‘tkazdi

O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish ko‘rib chiqildi. Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.

1 daqiqa o‘qish2 325 ko‘rishlar0 izoh4

Shavkat Mirziyoyev 6-noyabr kuni Vashington shahriga amaliy tashrifi doirasida Oq uyda AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, davlat rahbari dastlab Oq uyning Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdi. So‘ng Oval xonada yetakchilar muzokara o‘tkazdi. O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Joriy yil sentyabr oyida Nyu York shahrida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Global va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, shu jumladan, “C5+1” formatida Markaziy Osiyo va AQSH o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Davlati rahbari Donald Trampni ichki va tashqi siyosatdagi yuksak muvaffaqiyatlari bilan samimiy tabrikladi. Uning o‘tkir xalqaro va mintaqaviy mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish borasida qo‘shayotgan shaxsiy hissasi va sa’y-harakatlari alohida qayd etildi.

Donald Tramp shu kunlarda O‘zbekiston yetakchisi AQSH hukumati vakillari, yirik kompaniyalari va moliyaviy institutlari rahbarlari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazganini olqishladi. Yetakchilar qo‘shma loyihalarni ilgari surishning institutsional mexanizmlarini yaratish va takomillashtirish muhimligini ta’kidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev AQSH yetakchisini o‘zi uchun qulay muddatda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar