Daryo

“Chelsi” Endrik uchun katta summa taklif qilishi mumkin

Shu bilan birga, braziliyalik hujumchini “Atletiko”, “Arsenal” va “PSJ” klublari ham o‘z safida ko‘rishni istamoqda.

1 daqiqa o‘qish3 234 ko‘rishlar0 izoh0

Londonning “Chelsi” klubi Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Endrik uchun taxminan 80 million yevro miqdoridagi rasmiy taklif tayyorlamoqda. Bu haqda Topskills Sports UK o‘zining X (sobiq Twitter) sahifasidagi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “ko‘klar” Endrikni klubning uzoq muddatli sport loyihasida asosiy figuralardan biri sifatida ko‘rmoqda. Shu bilan birga, braziliyalik hujumchiga “Atletiko”, “Arsenal” va “PSJ” klublari ham qiziqish bildirmoqda. Bu esa futbolchining transfer narxini yanada oshirishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Endrik ayni paytda “Lion” safida o‘ynamoqda. “Qirollik klubi” futbolchini mavsum yakuniga qadar ijaraga bergan. Braziliyalik hujumchi hozirgacha fransuz klubi safida uchta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. So‘nggi o‘yinda u xet-trik qayd etib, jamoasining 5:2 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Transfermarkt portali Endrikning bozor qiymatini 25 million yevro deb baholamoqda. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar