Daryo

Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Vuchich birgalikda daraxt ekdi

O‘zbekiston bilan Serbiya o‘rtasidagi oliy darajadagi muzokaralar yakunida Ko‘ksaroy qarorgohida daraxt ekish marosimi bo‘ldi.

1 daqiqa o‘qish2 240 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston bilan Serbiya o‘rtasidagi oliy darajadagi muzokaralar yakunida Ko‘ksaroy qarorgohida daraxt ekish marosimi bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Faxriy mehmonlar xiyobonida prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Vuchich mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik hamda sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga, ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochishga intilish ifodasi sifatida daraxt ekdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Serbiya prezidenti tashrifiga doir xabarlar

Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelgan Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichni rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi. Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng davlat rahbarlarining delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari boshlandi.

Shavkat Mirziyoyev va Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichning rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Hamkorlikning iqtisodiy kun tartibini ilgari surish maqsadida kelgusi yilda Toshkent shahrida Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib olindi.

Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Qo‘shma deklaratsiyani imzoladi.Yetakchilar huzurida hukumatlararo va idoralararo hujjatlar to‘plamini qabul qilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Jumladan:

  •  Investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risida bitim;
  • Iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Tibbiy xizmatlar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Turizm sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Ta’lim, fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Muhandislik, ilg‘or texnologiyalar, sun’iy intellekt va turdosh sohalardagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Diplomatik kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
  • Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha 2026-2027-yillarga mo‘ljallangan dastur;
  • Mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
  • Sport va jismoniy tarbiya sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
  • Toshkent va Belgrad shaharlari o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar