Daryo

O‘zbekiston va Serbiya prezidentlari tovar ayirboshlash hajmini oshirish masalasini muhokama qildi

Tomonlar mashinasozlik, kimyo, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha fikr almashdi. Shuningdek, rektorlar forumi hamda kino va madaniyat kunlarini o‘tkazish masalalariga e’tibor qaratildi.

1 daqiqa o‘qish3 200 ko‘rishlar0 izoh1

Boku shahrida boʻlib oʻtayotgan Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi doirasida Shavkat Mirziyoyevning Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Koʻp qirrali Oʻzbekiston—Serbiya munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yanada rivojlantirishning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Asosiy eʼtibor tovar ayirboshlash hajmini oshirish, mashinasozlik, qayta ishlash, kimyo va elektrotexnika sanoati, farmatsevtika, qishloq xoʻjaligi hamda turizm kabi sohalarda kooperatsiya dasturini ishlab chiqish masalalariga qaratildi.

Gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, rektorlarning birinchi forumi hamda kino va madaniyat kunlarini oʻzaro oʻtkazish muhimligi taʼkidlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yetakchilar xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashib, boʻlajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini muhokama qildi.

Ushbu tadbir doirasida O‘zbekiston rahbari Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv oʻtkazgandi. Yetakchilar transportga oid tashabbuslarni amalga oshirish va xalqaro transport yoʻlaklarini rivojlantirish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish masalalarini ham muhokama qilgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar