Daryo

Vinisius: “Maqsadimiz — hech kimni, na raqib futbolchilarni, na muxlislarni ranjitish emas”

Braziliyalik hujumchi “El-Klasiko”dan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

1 daqiqa o‘qish1 874 ko‘rishlar0 izoh0

Madridning “Real” klubi futbolchisi Vinisius Junior Ispaniya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan “Barselona”ga qarshi o‘yindan (2:1) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda Championat nashri xabar berdi.

“Barcha ‘Real’ muxlislariga qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. ‘El-Klasiko’ — bu har doim hissiyotlarga boy o‘yin. Maydonda ham, undan tashqarida ham ko‘p voqealar yuz beradi. Garchi har doim ham oson bo‘lmasa-da, imkon qadar xotirjamlikni saqlashga harakat qilamiz. Bizning maqsadimiz — hech kimni, na raqib futbolchilarni, na muxlislarni ranjitish emas. Biz maydonga o‘z klubimiz sha’nini himoya qilish uchun chiqamiz — bugun ham aynan shunday bo‘ldi”, dedi Vinisius Diario AS nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, “Real Madrid” hamda “Barselona” o‘rtasidagi bahsda “qirollik klubi” 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi gollarga Kilian Mbappe, Jud Bellingem hamda Fermin Lopes mualliflik qildi. Vinisius Junior “Barselona”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlab, 72-daqiqada zaxiraga oldindi.

Hozirda “qirollik klubi” 27 ochko bilan turnir jadvalining birinchi pog‘onasidan joy olgan. 22 ochkosi bor “Barselona” esa 2-o‘rinni egallab turibdi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar