Ispaniya La Ligasining 2025/2026-yilgi mavsumi 34-turi doirasida “Espanyol” va “Real Madrid” jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Barselonadagi “Kornelya el-Prat” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv mehmonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Madridliklar hujumchisi Vinisius Junior 55-daqiqada hisobni ochdi. 66-daqiqaga kelib Vinisius “Espanyol” darvozasiga ikkinchi golni kiritdi.
La Liganing 34-turidan so‘ng kataloniyaliklar 39 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turibdi. “Qirollik klubi” esa 77 ochko jamg‘argan holda ikkinchi pog‘onadan joy olgan. Turnir jadvalini 88 ochko to‘plagan “Barselona” boshqarib bormoqda.
35-tur doirasida 10-may kuni “Real Madrid” “ Kamp Nou” stadionida “Barselona” bilan to‘qnash keladi. Ushbu bahsdagi g‘alaba “ko‘k-anorranglilar”ga muddatidan avval mamlakat chempionligini taqdim etadi.








