Daryo

“Real” futbolchilari Yamalning gaplariga munosib javob bermoqchi

“Qirollik klubi” navbatdagi “El-Klasiko”da g‘alaba qozonib, noxush seriyani to‘xtatishni istaydi

1 daqiqa o‘qish65 322 ko‘rishlar0 izoh0

Lamin Yamalning so‘nggi “El-Klasiko”dan keyingi gaplaridan “Real” futbolchilari qo‘shimcha motivatsiya olgan. Bu haqda Marca nashriga tayanib Euro-football xabar berdi.

Foto: Getty Images

Kubok finalidan keyin 17 yoshli futbolchi shunday degan edi:

Ular qancha gol urishining ahamiyati yo‘q, bu mavsum “Real” bizni yuta olmaydi.

“Qirollik klubi” a’zolari Yamalning bu so‘zlariga munosib javob berishni istamoqda. Shu bois madridliklar navbatdagi o‘yin uchun puxta tayyorgarlik ko‘rib, g‘alaba qozonish borasida reja tuzishgan.  

Ma’lumot uchun, 11-may, yakshanba kuni Ispaniya La Ligasining 35-turida “Barselona” o‘z maydonida “Real”ni qabul qiladi. Joriy mavsum jamoalar uch marotaba to‘qnash kelgan va barchasida kataloniyaliklarning qo‘li baland kelgan: 4:0 (La Liga), 5:2 (Ispaniya Superkubogi) va 3:2 (Ispaniya Kubogi). Karlo Anchelotti jamoasi mazkur noxush seriyani to‘xtatib, joriy mavsumdagi so‘nggi “El-Klasiko”da g‘alaba qozonishni istamoqda.

Ayni paytda “Barselona” La Liga turnir jadvalida 79 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. “Real” 75 ochko to‘plagan holda 2-pog‘onani band etgan. Agar mazkur bahsda Hansi Flik jamoasi g‘alaba qozonsa, chempionlik uchun katta qadam tashlagan bo‘ladi. Aksincha bo‘lsa, Ispaniya chempionatining so‘nggi turlari yanada qizg‘in kechishi mumkin.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar