Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) intizomiy qo‘mitasi “Barselona” bosh murabbiyi Hansi-Diter Flikning diskvalifikatsiyasiga qarshi bergan apellyatsiyasini rad etdi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda. Shu bois, Flik La Liga 10-turidan o‘rin olgan “Real Madrid”ga qarshi bellashuvda texnik zonada bo‘lmaydi.
Germaniyalik mutaxassis 9-tur doirasidagi “Jirona”ga (2:1) qarshi uchrashuvida hakam qarorlaridan norozilik bildirgani uchun maydon chetidan chetlatilgan edi. U hakam Xesus Xil Mansanoga nisbatan qo‘pol tarzda norozilik bildirgani uchun ikki marta ogohlantirilib, maydondan chetlatilgan edi.
Endi “El-Klasiko”da jamoaga Tyago Alkantara murabbiylik qilishi kutilmoqda. Alkantara 2024-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlab, “Barselona” murabbiylar shtabiga qo‘shilgan edi.
Ma’lumot uchun, hozirda “Barselona” La Liga jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Kataloniyaliklar birinchi o‘rindago “Real”dan ikki ochkoga ortda qolmoqda. “El-Klasiko” 26-oktyabr, yakshanba kuni Madridda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 20:15 da (O‘zbekiston vaqti bilan) boshlanadi.








