“Real Madrid” hujumchisi Vinisius Junior “Barselona” futbolchisi Lamin Yamal bilan “El-Klasiko”dan so‘ng og‘zaki tortishuvga kirishdi. Yahoo Sports nashrining xabar berishicha, janjalga Yamalning o‘yindan oldin podkastda bildirgan fikrlari sabab bo‘lgan.
O‘yin yakunlangach, Yamal kiyim almashtirish xonasiga yo‘l olayotgan paytda Vinisius unga murojaat qilib, shunday degan:
“Sen faqat orqaga pas berasan! Juda ko‘p gapirasan. Qani endi, gapirchi!”
Ma’lumot uchun, “El-Klasiko”dan oldin Lamin Yamal podkastda ishtirok etib, “Real”ni tanqid qilgan edi:
“Ular doim o‘yinlarni sotib oladi. ‘Real’ — o‘g‘ri va tovlamachi. Bu ularning uslubi”.
Laminning ushbu gaplari OAVda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. “El-Klasiko”dan keyingi janjalga ham 18 yoshli futbolchining podkastda bildirgan fikrlari sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqd.
Eslatib o‘tamiz, “Real Madrid” La Liganing 10-turida “Barselona”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Xabi Alonso shogirdlari 27 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. “Barselona” esa 22 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.








