Daryo

“Endi navbat ‘El-Klasikoga’” — Kilian Mbappe “Real” muxlislariga murojaat qildi

Ayni paytda ikkala jamoa ham uchrashuv oldidan a’lo kayfiyatda. Sababi “Barselona” ham, “Real” ham Chempionlar Ligasining navbatdagi turida g‘alaba qozonishdi.

1 daqiqa o‘qish2 027 ko‘rishlar0 izoh2

Ispaniya La Ligasining 10-turidan o‘rin olgan bahsda Madridning “Real” hamda Kataloniyaning “Barselona” klublari o‘rtasida navbatdagi “El-Klasiko” bahsi bo‘lib o‘tadi.

Chempionlar Ligasi 3-turi doirasidagi “Yuventus”ga qarshi o‘yindan keyin “qirollik klubi” hujumchisi Kilian Mbappe ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida shunday dedi:

“Jamoa, biz o‘z yo‘limizdamiz. Shu ruhda davom etamiz. Endi esa bizni ‘El-Klasiko’ kutmoqda. Ko‘rishguncha, madridliklar!”

Ayni paytda ikkala jamoa ham uchrashuv oldidan a’lo kayfiyatda. Sababi har ikkisi ham Chempionlar Ligasining navbatdagi turida g‘alaba qozonishdi. 21-oktyabr, seshanba kuni “Barselona” “Olimpiakos”ni 6:1 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, bir kun o‘tib “Real” o‘z maydonida “Yuventus”ni 1:0 hisobida yengdi.

Ayni paytda Xabi Alonso shogirdlari La Liga turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. “Real” 24 ochko bilan birinchi o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, “Barselona” 22 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. 

“El-Klasiko” 26-oktyabr, yakshanba kuni Madridda bo‘lib o‘tadi. “Santiago Bernabeu” stadionida o‘tadigan uchrashuv O‘zbekiston vaqti bilan 20:15 da boshlanadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar