Daryo

Mubashshir Ahmad sudi yana qoldirildi

Jamoatchilikni qiziqtirgan sud majlisi bugun uchinchi marotaba qoldirildi.

1 daqiqa o‘qish2 228 ko‘rishlar0 izoh1

Jamoatchilikka Mubashshir Ahmad nomi bilan tanilgan Alisher Tursunov ishi bilan bogʻliq sud majlisi yana qoldirildi. Bu haqda “Daryo”ga maʼlum qilgan Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Abidovning bildirishicha, bunga mazkur ishni koʻrayotgan sudyaning tobi yoʻqligi, salomatligini tiklash taʼtilida ekani sabab boʻlmoqda.

Jamoatchilikni qiziqtirgan sud majlisi bugun uchinchi marotaba qoldirildi.

Mubashshir Ahmad Jinoyat kodeksining 156-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatish) 2-qismi, 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi “g” bandi va 244-3-moddasi (diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish)da ayblanayotgandi.

2025-yilning 13-may kuni Ichki ishlar vazirligi Mubashshir Ahmad Oʻzbekistonga deportatsiya qilinganini maʼlum qildi. Vazirlik bergan axborotga koʻra, xalqaro qidiruvda boʻlgan Alisher Tursunov 8-may kuni Turkiyada huquq-tartibot idoralari tomonidan qoʻlga olinib, 10-may kuni Oʻzbekistonga deportatsiya qilingan. Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Ushbu ish boʻyicha sud muhokamasi esa joriy yilning 19-avgust sanasida boshlangan. Ikkinchi sud majlisi 9-sentyabr kuni oʻtkazilib, unda ikki nafar ekspert guvoh sifatida soʻroq qilingan. Ularning Mubashshir Ahmad videochiqishiga nisbatan siyosiy va dinshunoslik borasida qilgan xulosalari muhokama qilingandi.

2025-yilning 18-sentyabr kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Uchtepa tuman sudida davom etgan uchinchi sud majlisida davlat ayblovchisi Mubashshir Ahmadga 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi hamda 150 million soʻm jarima tayinlashni soʻragandi. Ammo advokatlar buni asossiz deb hisoblagan. 22- va 29-sentyabr kunlari, shuningdek, bugun 2-oktyabr kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan sud majlislari esa qoldirildi.

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar