Daryo

Shavkat Mirziyoyev AQSHga yetib bordi (foto)

Jon Kennedi nomidagi xalqaro aeroportda davlat rahbarini AQSH prezidentining global sherikliklar bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli va boshqa rasmiylar kutib oldi.

1 daqiqa o‘qish1 720 ko‘rishlar0 izoh4

Shavkat Mirziyoyev 20-sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun Nyu York shahriga rafiqasi bilan birga keldi.

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, Jon Kennedi nomidagi xalqaro aeroportda ularni AQSH prezidentining global sherikliklar bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli, Amerika—O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston prezidenti BMT Bosh Assambleyasi 80-sessiyasining umumiy munozaralarida nutq so‘zlaydi, shuningdek, qator xorijiy mamlakatlar yetakchilari, xalqaro tashkilotlar va moliyaviy tuzilmalar rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazadi.

AQSHning yirik korporatsiyalari rahbarlari bilan alohida uchrashuvlar va yetakchi kompaniyalari vakillari bilan davra suhbatida ishtirok etish ham rejalashtirilgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar