Daryo

O‘zbekiston prezidenti AQSHda JST bosh direktori bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni muvaffaqiyatli kechayotganini, 2026-yilda mamlakat JSTga qo‘shilishi muhim ekanini aytdi.

1 daqiqa o‘qish1 600 ko‘rishlar0 izoh0

BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi doirasida Shavkat Mirziyoyev Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mamlakatning JSTga a’zo bo‘lishi borasidagi amaliy hamkorlikni mustahkamlashning dolzarb jihatlari ko‘rib chiqildi. Ushbu xalqaro tashkilotga a’zo mamlakatlar bilan muzokaralar sur’ati mamnuniyat bilan qayd etildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

JST me’yorlari va qoidalariga muvofiq milliy qonunchilikni, shu jumladan texnik jihatdan tartibga solish va oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlarini uyg‘unlashtirish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Joriy yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishi natijadorligini ta’minlash, shuningdek, 2026-yilda muzokaralar yakunlanishi va O‘zbekiston tashkilotga qo‘shilishi muhim ekani ta’kidlandi.

Hozirda JST a’zoligi yo‘lida kelishuvga erishilgan davlatlar soni 29 taga yetdi, 2 ta a’zo — ular bilan asoslar mavjud, ikki tomonlama muzokaralarni to‘liq yakunlash uchun esa faqat 3 ta davlat qoldi.

O‘zbekiston 2026-yilgacha Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lmoqchi. Davlat rahbarining alohida nazorati asosida 2023-yildan boshlab ushbu tashkilotga aʼzo bo‘lish choralari ko‘rilmoqda. 2025-yil may oyida o‘tkazgan yig‘ilishda O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lish jarayonini jadallashtirish bo‘yicha topshiriq bergandi. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lishi chuqur o‘ylangan va uzoqni ko‘zlagan tanlov ekanligini ta’kidlagandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar