Daryo

Axborot sohasida nazorat va monitoring “O‘zkomnazorat”ga o‘tkazildi

Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markaz endi administratsiya bo‘ysinuvida bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish4 335 ko‘rishlar0 izoh0

Prezident farmoni bilan AOKA faoliyati tugatilgandi. Uning axborot sohasida nazorat va monitoring bo‘yicha vazifa va funksiyalari “O‘zkomnazorat”ga o‘tkazildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi (“O‘zkomnazorat”) ayni paytda Raqamli texnologiyalar vazirligi huzurida bo‘lib, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy bosma nashrlarni tarqatish va mualliflik huquqlari sohasida fonogrammalar, audiovizual asarlar, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar tarqatilishida qonun hujjatlariga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiruvchi maxsus maqomga ega organ hisoblanadi.

14-iyulda imzolangan “Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoniga ko‘ra, Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markaz administratsiya bo‘ysunuviga o‘tkazildi. 2004-yilda Aloqa va axborotlashtirish agentligi qoshida tashkil etilgan ushbu markaz bunga qadar AOKA tarkibiy tuzilmasida edi.

Farmon bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ham administratsiya bo‘ysunuviga o‘tkazildi. administratsiya matbuot xizmati media-markazi negizida Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi tashkil etildi.

Shuningdek, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi negizida Boshqaruv samaradorligi agentligi tashkil etildi. Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi negizida Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi.

2025-yil 1-sentyabrgacha quyidagilarga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqiladi:

  • byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, takrorlanuvchi nazorat funksiyalarini bekor qilish, qaror qabul qilishda shaffoflik va ochiqlikni ta’minlashga qaratilgan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati samaradorligini oshirish;
  • hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish borasida mahalliy hokimliklar iqtisodiy, ma’muriy va moliyaviy vakolatlarini yanada kengaytirish.

Prezident farmoni bilan matbuot kotiblari instituti yanada mustahkamlanadi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar