Daryo

“O‘zkomnazorat” inspeksiyasiga rahbar tayinlandi

Farrux Rustamov 2022-yilning aprelidan buyon ushbu lavozimda faoliyat olib borayotgan A’zam Abdullayevning o‘rniga tayinlandi

1 daqiqa o‘qish8 268 ko‘rishlar0 izoh0

Prezident qarori bilan Farrux Rustamov Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Farrux Rustamov 2024 yil yanvaridan buyon “O‘zbektelekom” AK Uzmobile mobil operatori filiali direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.

2022-yilning aprel oyida A’zam Abdullayev Axborotlashtirish va telekommunikatsiya sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning 3-noyabr kuni Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (“O‘zkomnazorat”) Telegram, YouTube, Instagram, Facebook, “Odnoklassniki”ning O‘zbekistondagi faoliyatini cheklagani haqida xabar berilgandi.

Shundan so‘ng, Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov “O‘zkomnazorat”ning bir yoqlama, uzoqni o‘ylamay qilgan harakatidan davlat rahbari xabar topganini ma’lum qildi. Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i G‘olibsher Ziyayev esa noto‘g‘ri va kelishilmagan xatti-harakatlari uchun egallab turgan vazifasidan chetlatildi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar