Oʻzbekistonda 9 oyda “Oʻzkomnazorat” oʻtkazgan tekshiruvlarda 44 ta mansabdorga chora koʻrildi.
Tekshirilgan 73 ta tashkilotda aniqlangan kamchiliklar boʻyicha 68 ta muassasaga koʻrsatma, 6 ta idoraga taqdimnoma kiritilgan, shuningdek, 32 nafar mansabdor shaxslarga maʼmuriy, 12 nafar masʼul xodimga intizomiy chora qoʻllanilgan.
Mobil aloqa xizmatlari sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan 357 ta noqonuniy foydalanilayotgan qurilmalar faoliyatiga chek qoʻyilgan. Soha va tarmoqlarni raqamlashtirishga oid 1 276 ta loyiha ijrosida kamchiliklar yuzasidan vazirlik va idoralarga 29 ta ogohlantirish berildi.
Pochtalarni manziliga yetkazishda 803 ta aniqlangan kamchilik boʻyicha ogohlantirishlar berilib, 45 nafar masʼul xodimga intizomiy chora koʻrildi.
Avvalroq 2025-yilning birinchi yarmida oʻrtacha oylik ish haqi 5 mln 982,3 ming soʻmni tashkil etgani hamda axborot va aloqa sohasida bu 14,8 million soʻm boʻlgani xabar qilingandi.








