• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonliklarning 65 foizi tibbiyot xodimiga pul yoki sovg‘a bermagan — tadqiqot

    “Yuksalish” harakati tomonidan birlamchi tibbiyot muassasalarida korrupsiyaviy omillarni aniqlash bo‘yicha so‘rov o‘tkazildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Unda jami 4 821 nafar respondent qatnashib, shundan 1968 nafarini aholi va 2853 nafarini tibbiyot muassasasi xodimlari tashkil etdi. So‘rovning asosiy maqsadi — aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasida mavjud korrupsion omillarni aniqlash, shuningdek, ularning oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.

    Aholi o‘rtasida so‘rovnoma

    Bu so‘rovnomada 1 968 kishi ishtirok etdi. Ularning 49 foizi shahar joylarida, 51 foizi esa qishloq joylarida yashovchi aholidan iborat. Ishtirokchilarning 57 foizini ayollar, 43 foizini erkaklar tashkil etdi. Respondentlarning 41 foizi 31-45 yoshdagilar, 27 foizi 18-30 yoshdagilar, 21 foizi 46-55 yoshdagilar, 9 foizi 56-64 yoshdagilar va 2 foizi 65 va undan yuqori yoshdagilar bo‘ldi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ishtirokchilarning 65 foizi poliklinika va oilaviy shifokorlik punktlarida tibbiy xizmatlardan foydalanishda tibbiyot xodimiga pul yoki sovg‘a (shifokor qabuliga tezroq kirish, yaxshiroq muomala yoki ma’lumotnoma (spravka)/mehnatga layoqatsizlik varaqasini olish maqsadlarida) bermaganini bildirgan. 15 foiz respondent esa bepul tibbiy xizmatdan foydalanishda tibbiyot xodimlariga pul yoki sovg‘alar berganini ta’kidlagan. Shuningdek, 14 foiz respondent bu kabi holatlarni eslay olmasligini, 6 foizi ushbu savolni javobsiz qoldirishini bildirgan.

    Yuqoridagi savolga ijobiy javob bergan respondentlarning

    • 152 nafari bu holatda o‘zi tashabbuskor bo‘lganini,
    • 93 nafari tibbiyot xodimlari so‘ragani yoki shama qilganini,
    • 49 nafari bu holat har ikki tomonning o‘zaro roziligi bilan amalga oshirilganini bildirgan.

    So‘rov natijalariga ko‘ra, 37 foiz ishtirokchi bepul tibbiy xizmat uchun minnatdorlik sifatidagi korrupsiyaning eng ko‘p tarqalgan ko‘rinishi sovg‘a yoki pul berish ekanligini, 26 foiz respondent xizmat uchun yashirincha pul olish ko‘rinishida va 5 foizi boshqa ko‘rinishlarda kuzatilishi haqida fikr bildirgan bo‘lsa, ishtirokchilarning 30 foizi tizimda korrupsiya yo‘qligini ta’kidlagan. 2 foiz respondent ushbu savolni javobsiz qoldirishni ma’qul deb topgan.

    Foto: “Yuksalish”

    Shu bilan birga, “Nimalar sohada korrupsiyani keltirib chiqaruvchi asosiy omillar hisoblanadi?” degan savolga ishtirokchilarning 45 foizi birlamchi tibbiyot muassasalari xodimlarining oylik maoshining pastligi, 36 foizi odamlarning o‘zlari, 23 foizi tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibotning sustligi va 22 foizi sohaning to‘liq raqamlashtirilmaganini ta’kidlagan. So‘rovnomaning mazkur savolida respondentlarga bir nechta javoblarni belgilash imkoniyati taqdim etilgan.

    Tibbiyot xodimlari o‘rtasida so‘rovnoma

    Unda 2 853 nafar birlamchi tibbiyot muassasasi xodimi ishtirok etdi. Respondentlarning 75 foizi ayollar, 25 foizi erkaklardan iborat. So‘rovnomada ishtirok etgan tibbiyot xodimlarining 66 foizi hamshiralar, 16 foizi shifokorlar, 8 foizi kichik tibbiy xodimlar, 10 foizi birlamchi tibbiyot muassasalari rahbar lavozimlarida va birlamchi tibbiyot muassasalarida boshqa lavozimlarda band bo‘lganlarni tashkil etdi. Respondentlarning 57 foizi Oilaviy poliklinikalarda, 22 foizi Oilaviy shifokorlik punktlarida va 21 foizi boshqa muassasalarda faoliyat yurituvchi tibbiy xodimlardan iborat.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    So‘rovnoma ishtirokchilarining 36 foizi o‘zlari ishlaydigan tibbiyot muassasalaridagi umumiy mehnat sharoitlaridan to‘liq qoniqishini bildirgan. Ularning 40 foizi yaratilgan sharoitlardan qisman, 15 foizi umuman qoniqmasligini ma’lum qilgan. Shuningdek, 9 foiz ishtirokchilar ushbu savolga javob berishga qiynalishini bildirgan.

    Respondentlarning 57 foizi birlamchi tibbiyotda korrupsiya umuman yo‘qligini, 13 foizi Oilaviy poliklinikalar va Oilaviy shifokorlik punktlarida ishga kirishda, 8 foizi yuqori turuvchi tashkilotlardan kelgan komissiyani “rozi” qilishda, 6 foizi mehnatga layoqatsizlik varaqasini berishda, 5 foizi bemorlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda va 5 foizi klinik davolanishga order berish munosabatlarida ko‘proq uchrashini ma’lum qilgan. 6 foiz respondent ushbu savolni javobsiz qoldirishni ma’qul deb topgan.

    Birlamchi tibbiyot muassasalarida bemorlar yoki ularning yaqinlari tomonidan tibbiy xizmat uchun norasmiy “minnatdorchilik” (pul yoki sovg‘a) berish holatlari uchrab turishini bildirgan respondentlarning 38 foizi tizimdagi bu kabi norasmiy minnatdorchilik tibbiyot xodimlarining oylik maoshlari pastligi sababli, 36 foizi aholining o‘zida “shunday qilish kerak” degan tushuncha shakllanib qolgani sababli, 17 foizi shu orqali xizmat sifatini yaxshilashga umid qilishi tufayli va 9 foizi boshqa (xizmatimizdan mamnun bo‘lgani uchun, sog‘ayib ketganliklari uchun xursandchilikdan, keyingi safar joy yo‘q, deb qaytarmaslik va yaxshi xizmat ko‘rsatishi uchun, bemorga qilingan chiroyli muomala va sifatli tibbiy xizmat uchun, tibbiyot xodimining tashabbusi va talabi) sabablarni asosiy omil sifatida ko‘rsatgan.

    Foto: “Yuksalish”

    So‘rovnoma natijalari

    O‘tkazilgan so‘rovnoma aholi orasida bepul tibbiy xizmat uchun minnatdorchilik sifatida pul yoki sovg‘a berish kabi norasmiy to‘lovlarning mavjudligidan dalolat bergan. Aholi ham, tibbiyot xodimlari ham korrupsiyaning asosiy omili sifatida past oylik maoshlarni ko‘rsatgan.

    “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimni mustahkamlash” qo‘shma loyihasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda jamoatchilik va hukumatning korrupsiyaga munosabati baholanganda aksariyat kishilar sovg‘a berishni korrupsiya emas, minnatdorlik deb bilishi ma’lum bo‘lgandi.

    11 iyul, 10:10   Izoh (0)   1296
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #shifokorlar#korrupsiya#“Yuksalish” harakati

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda korrupsiyadan xoli hududlar yaratiladi

    28.11.2024, 13:20

    O‘zbekistonda aksariyat kishilar sovg‘a berishni korrupsiya emas, minnatdorlik deb biladi — tadqiqot

    12.12.2024, 12:35

    O‘zbekistonning korrupsiya indeksidagi o‘rni o‘zgarishsiz qoldi

    11 fevral, 16:25

    O‘zbekistonda korrupsiya xavf-xatarlarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha yangi mexanizm joriy etiladi

    14 may, 09:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

    Dunyo | 12 iyul, 09:35

    “Mantiqsizlik. Bu futbol uchun qora kun” — “Kristal Pelas” Yevropa Ligasidan chetlatildi

    Sport | 12 iyul, 09:14

    Toshkent va Farg‘onada universitetlar kafedra o‘qituvchilari pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 08:57

    Jeyn Birkinga tegishli bo‘lgan birinchi Hermes Birkin sumkasi kimoshdi savdosida 7 mln yevroga sotildi

    Layfstayl | 12 iyul, 08:40

    “Real Madrid” yozda to‘rt futbolchi bilan xayrlashishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 08:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.