Daryo

Klublar o‘rtasidagi JCH finaliga chiqqan “Chelsi” qancha daromad qilgani ma’lum bo‘ldi

Londonliklar musobaqaning yarim final bosqichida Braziliyaning “Fluminense” klubini 2:0 hisobida mag‘lub etdi

1 daqiqa o‘qish8 880 ko‘rishlar0 izoh0

Londonning “Chelsi” klubi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati yarim finalida Braziliyaning “Fluminense” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etib, musobaqaning final bosqichiga yo‘l oldi. Shu bilan birga, klub moliyaviy jihatdan ham katta foyda ko‘rdi — “ko‘klar” hozirgacha 110 million dollar daromad olgan. Bu haqda amerikalik jurnalist Ben Jeykobs o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Foto: Eurosport

Manbaga ko‘ra, agar “Chelsi” finalda ham g‘alaba qozonsa, umumiy daromadi 120 million dollarga yetadi. Bonuslar hisobga olinganda, musobaqada bir jamoaning maksimal daromadi 125 million dollarga yetishi mumkin.

Ma’lumot uchun, “Chelsi” ushbu turnir finaliga uchinchi bor yo‘l olmoqda. London klubi ilk bor 2012-yilda musobaqaning hal qiluvchi bosqichida ishtirok etgan va Braziliyaning “Korintians” klubiga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. 2021-yilda esa ikkinchi bor finalda qatnashib, “Palmeyras” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.

Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” finalda 9-iyuldan 10-iyulga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadigan “PSJ” – “Real Madrid” juftligining g‘olibi bilan kuch sinashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar