Daryo

Opta. “PSJ” — Klublar o‘rtasidagi JCHning asosiy favoriti

Madridning “Real” klubining imkoniyati ancha past baholandi

1 daqiqa o‘qish4 738 ko‘rishlar0 izoh0

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘zining qizg‘in bosqichiga kirdi. Opta nashri superkompyuterlar yordamida jamoalarning turnirdagi g‘alaba qozonish imkoniyatlarini baholadi. Unga ko‘ra, Fransiyaning “PSJ” klubi AQSH maydonlarida o‘tayotgan musobaqaning asosiy favoriti bo‘lib turibdi — 38,54 foiz.

Foto: Getty Images

Londonning “Chelsi” klubi ro‘yxatning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi. Superkompyuter ularning imkoniyatini 33,86 foizga baholagan. Madridning “Real” jamoasi esa kuchli uchlikni yakunlab berdi. Ularning Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati bosh sovriniga ega chiqish ehtimoli 24,67 foizga teng. Yarim finalning to‘rtinchi ishtirokchisi “Fluminense” esa 2,93 foiz bilan so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.

Opta superkompyuterining taxminiga ko‘ra, musobaqaning asosiy favoritlari:

  1. “PSJ” — 38,54 %
  2. “Chelsi” — 33,86 %
  3. “Real Madrid” — 24,67 %
  4. “Fluminense” — 2,93 %

Ma’lumot uchun, yarim final bahslari 9 va 10-iyul oqshomlarida o‘tkaziladi. Bosqichning birinchi o‘yini “Fluminense” va “Chelsi” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tsa, ikkinchi o‘yinda “PSJ” va “Real” jamoalari final yo‘llanmasi uchun bahs olib boradi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar