Daryo

Klublar o‘rtasidagi JCH. “Chelsi” dastlabki finalchiga aylandi (video)

Musobaqaning yarim final bosqichi doirasidagi ilk uchrashuv bo‘lib o‘tdi

1 daqiqa o‘qish6 018 ko‘rishlar0 izoh0

AQShning Ruterford shahrida joylashgan “MetLife” stadionida bo‘lib o‘tgan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati musobaqasining yarim final uchrashuvida Londonning “Chelsi” jamoasi Braziliyaning “Fluminense” klubini 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Foto: Getty Images

O‘yinning 18-daqiqasida “Chelsi” hujumchisi Juao Pedro hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda, aniqrog‘i 56-daqiqada Pedro o‘zining ikkinchi golini urib, dublni rasmiylashtirdi va “ko‘klar”ning ustunligini mustahkamladi. Mazkur hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi hamda “Chelsi” ushbu g‘alaba tufayli finalga yo‘l oldi.

Endi londonliklar 9-iyuldab 10-iyulga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadigan “PSJ” hamda Madridning “Real” klubi o‘rtasidagi yarim final bahsida g‘alaba qozongan jamoaga qarshi hal qiluvchi o‘yinda maydonga tushadi. Mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati
Yarim final

9-iyul, chorshanba

“Fluminense” — “Chelsi” 0:2
Gollar: 0:1 — Pedro (18), 0:2 — Pedro (56)

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar