Daryo

“Arsenal” derbida “Chelsi”ni mag‘lub etib, Angliya Liga Kubogi finaliga yo‘l oldi

Ikkinchi finalchi nomi “Manchester Siti” va “Nyukasl” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda aniqlanadi.

1 daqiqa o‘qish4 190 ko‘rishlar0 izoh0

Londonning “Arsenal” klubi Angliya Liga Kubogi yarim finalining javob uchrashuvida o‘z maydonida “Chelsi”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvdagi yagona golga Kay Haverts 90+7-daqiqada mualliflik qildi. 14-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan dastlabki bahsda “Arsenal” safarda 3:2 hisobida g‘alaba qozongandi. Germaniyalik futbolchi “Arsenal”ga aynan “Chelsi” safidan kelib qo‘shilgan.

Finalda “Arsenal”ga “Manchester Siti” – “Nyukasl” juftligi g‘olibi raqiblik qiladi. Ushbu qarama-qarshilikdagi ilk uchrashuvda “Manchester Siti” safarda 2:0 hisobida zafar quchgan. Javob o‘yini 5-fevralga o‘tar kechasi Manchester shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Angliya Liga Kubogi 1960-yildan buyon o‘tkazib kelinadi. O‘tgan mavsumda turnir tarixida ilk bor “Nyukasl” ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan. Eng ko‘p g‘alaba “Liverpul” hissasiga to‘g‘ri keladi — klub kubokni 10 bor yutgan. “Arsenal” musobaqada ikki marta, “Chelsi” esa besh marta g‘olib bo‘lgan.

“Arsenal” 2025/2026-yilgi mavsumda to‘rtta musobaqada kurash olib bormoqda. “To‘pchilar” APLda 1-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, UEFA Chempionlar Ligasida 1/8 final, Angliya Kubogida esa 1/16 final bosqichiga yetib kelgan. “Chelsi” esa yangi bosh murabbiy Liam Rozenyor qo‘l ostida o‘tkazilgan 8 uchrashuvda ikkinchi bor mag‘lubiyatga uchradi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar